“Terminlar tarjimasi” fanining quyidagi maqsadlari mavjud:

 Talabalarni o‘zbek/ingliz va ingliz/o‘zbek tillar kombinatsiyalarida ilmiy -amaliy, ijtimoiy-siyosiy, texnik matnlarga oid lug‘at - glossariylarni tuzishga va ulardan tarjimaga tayorlanish hamda tarjima jarayonlarida saarali foydalanishga oid tamoyillar bilan tanishtirish, yosh tarjimonlarni turli xalqaro anjumanlarda yuqori saviyada og‘zaki hamda zarur hollarda yozma tarjimani amalga oshira oladigan yuqori malakali va chuqur bilimli tarjimonlar qilib tayyorlash. Talabalarga lug‘at tuzish tamoyillari asoslarini o‘rgatish, umumiy, lingvistik, pragmatik va madaniyatlararo kompetensiyalarini rivojlantirish orqali og‘zaki hamda yozma tarjima uchun zarur lug‘at boyligini  rivojlantirib borishni va undan samarali foydalanish o‘rgatish.

 

Fanni o‘qitishda ta’limning zamonaviy metodlaridan, pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalaniladi. Asosiy ta,oyillardan biri bu communicativ jihatdan faollik tamoyilidir. Tayorlangan materialni tashkil etish va taqdim etishda funksional-semantik yondashuv qo‘llaniladi. Sintaktik tamoyil xisobga olinib, talalabalrning nutqini shakllantirishda funksional juhatdan ahamiyatli modellar qo‘sildi. Leksik material nutqiy situatsiyalar va ularga aloqador leksik-grammatik materialdan iborat qurilmalar shaklida keltiriladi.