O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy
ta’limdagi o‘rni
Adabiy tahrir bilan bog‘liq jarayonlarning ilmiy asoslari, xususan matn tahrirning ahamiyati, matn tahriri bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis faoliyati, matnning tahlili, nashr jarayonida muharrirning muallif bilan hamkorligi, matn bayonining ususullari, tahrirning mantiqiy qonunlari, asarning tuzilishi, sarlavhalari, kitob apparati, shuningdek adabiy asar turlari, uslub hamda adabiy tahrir va boshqalar haqida so‘z boradi.
O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Adabiy tahrir ilmi uzoq tarixga ega. Dastlab qadimgi Rimda yuzaga keladi. Uning yuzaga kelishiga ayni bir sohaga oid adabiyotning turli namunalarida har xillikning mavjudligi sabab bo‘ladi. Shunga ko‘ra tayyorlanayotgan kitoblarni soha mutaxassislari tomonidan ko‘rib chiqish, turli variantlarni bir xillashtirish zarurati tg‘iladi, bundan tashqari ularda gramatik hatoliklar ham ko‘plab uchraydi. Buning natijasida ularni to‘g‘rilash, tuzatishga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib matnni tahrir qilish boshlanadi. Fanning maqsadi ayni bir mavzuga oid asarlardagi har xillikni, imloviy, gramatik hatolarni, shuningdek uslubiy va mantiqiy kamchiliklarni bartaraf etishnin o‘rganish va o‘rgatishdir.
Mazkur fanning vazifasi adabiy asar matnining mavzuga muvofiqligini, g‘oyviy badiiy estetik, jihatdan talab darajasida bo‘lishini ta’minlash. Shuningdek asar asosiy va qo‘shimcha unsurlarining adabiy tahrir ilmi nuqtaiiy nazaridan maqsadga muvofiqligini ta’minlashdan iboratdir.
Talaba:
Yozuv tarixi, Kitobat ishi, adabiy tahrir ilmining tarixiy taraqqiyoti, adabiy asar turlari, ularning tahriri, tahrir jarayonida muharrir amalga oshiradigan ishlar, asar arxitektonikasi, bayon turlari, ilmiy apparat va ularning tahriri, matnni ikki bosqichi, birinchisi, mikrotahrir va ikkiknchisi makrotahrir, shuningdek matnning mantiqiy qonunlar asosida tahrirdan chiqarish, qo‘lyozmani sahifalash, asarning chop etilishi haqidagi ma’lumotlar annotatsiya, so‘z boshi, kirish, so‘ng so‘z va iqtiboslarni manbalarga Ko‘ra aniqlash haqida malakaga ega bo‘lishi talab etiladi.
Asar muallifining individual uslubini, qo‘lyozma o‘zi mansub bo‘lgan adabiy tur talablari, uslubi darajasida yaratilganligini, nashr rejasiga to‘liq mos ekanligini aniqlash uchun talabalar quyidagilar bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari zarur:
- asar qo‘lyozmasini baholay olish, yani uni nashr etishga loyiq yoki loyiq emasligi haqida xulosa chiqarish;
- qo‘lyozma nashr rejasiga to‘liq mos ekanligini aniqlay olish;
- asar kompozitsiyasi mukammalligi, qismlar, boblar, fasllararo mantiqiy bog‘liqligini belgilash;
- adabiy nutq meyorlariga amal qilinganlik darajasini aniqlash;
- asar turi bo‘yicha uslubga to‘liq amal qilinganligini baholay olish;
- sarlavhalar va matn mantiqan bog‘liqligini ko‘rsata bilish;
- keltirilgan iqtiboslar muallif fikri bilan mutanosibligini aniqlay olish;
- qo‘lyozmada keltirilgan asos materiallar maqsadga muvofiq ekanligini aniqlay olish;
- asraning ilmiy va badiiy jihatdan yangiligini farqlay bilish;
- asarning raqobatbardoshligi, bozor talablariga to‘liq javob berishligini belgilay olish.
Bular esa talabalarning adabiy tahrir ilmidan to‘liq habardor bo‘lish, asar matnini til, uslub, janr jihatdan tahlil etish malakasiga ega bo‘lishlarida muhim omil hisoblanadi.
- Teacher: Musurmon Namozov